- Shaxsiy kabinet yaratish.
- Bosh sahifadagi “Ro‘yxatdan o‘tish”tugmasini bosing.
- Kim sifatida ro‘yxatdan o‘tasiz? (1) Xaridor, Buyurtmachi yoki xaridor buyurtmachi?
Xaridor – faqat auksion (tanlov) savdolarida ishtirok etish uchun;
Buyurtmachi – mol-mulk, obyekt, avtotransport va boshqa turdagi mulklarni auksion orqali sotish uchun;
Xaridor va Buyurtmachi – ham auksion (tanlov) savdolarida ham ishtirok etish va mol-mulklarni sotish uchun.
Login sifatida telefon yoki email kiriting (2). Bu orqali kelgusida shaxsiy kabinetga kirish amalga oshiriladi.
Misol uchun: auksion@mail.ru yoki 998 9* *** ** **
Parol kiriting yoki “Murakkab parol yaratish” funksiyasidan foydalaning (3-4)!
Eslatma: Parolni saqlab qo‘ying!
“Shartlarga roziman” tugmasini bosish orqali oferta shartlariga rozilik bildirasiz.
“Tasdiqlash” tugmasini bosing.
- Shaxsiy kabinetni faollashtirish uchun email yoki telefoningizga kelgan 6 xonalik raqamni kiriting.
Eslatma:email kiritgan bo‘lsangiz, xabar “SPAM” papkada bo‘lishi mumkin.
- Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tildi. “Tugatish” tugmasini bosing.
- Shaxsiy kabinetda shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish.
- Kabinetga kirish uchun login (1) va parol (2) kiriting. “Kirish”tugmasini bosing.
- So‘ng, “Shaxsiy kabinet” oynasidan ma’lumotlarni to‘ldirish uchun “XA” tugmasini bosing.
- Ma’lumotlarni to‘ldirish uchun “Tahrirlash” tugmasini, telefon raqamni kiritish uchun “Tasdiqlash” tugmasini bosing.
Jismoniy shaxs sifatida ma’lumotlarni to‘ldirish (1)
Ma’lumotlarni avtomatik ravishda olish uchun pasport seriya-nomer va JSHSHIRni kiriting.
JSHSHIRni aniqlash uchun so‘roq belgisini ustiga bosing.
- JSHSHIRni aniqlash bo‘yicha qo‘llanma
- Ma’lumotlar muvaffaqqiyatli kiritilganligi holati:
Yuridik shaxs sifatida ma’lumotlarni to‘ldirish
1.“Yuridik shaxs”ni talang (1) -STIR (INN)ni kiriting (2) – “Tashkilot ma’lumotlarini olish” tugmasini bosing (3) – Tashkilot rahbari ma’lumotlarini kiriting (4)
- Bank ma’lumotlarini kiriting (1)
- Ma’lumotlar muvaffaqiyatli kiritilganligi holati:
Shaxsiy hisob qanday to‘ldiriladi?
- Ishtirokchi kabineti oynasidan “Hisobni to‘ldirish”tugmasini bosing
- To‘lov usullaridan birini tanlang!
- Onlayn to‘lov tizimlari orqali (MyUzcard, Click, Payme, Paynet, Oson, Upay)
- Bank kassalari (yoki Internent-banking)dan MUNIS to‘lov tizimi orqali.
To‘lov topshiriqnomasi (kvitansiya)ni shakllantirish uchun “Summani kiritish” tugmasini (1) bosing, summani kiriting va “Chop etish” tugmasini (2) bosish orqali to‘lov topshiriqnomasini yuklab oling.
Eslatma: summa kiritmagan holda to‘lov topshiriqnomasini yuklab olish mumkin.
- Bank to‘lov topshiriqnomasi orqali.
To‘lov topshiriqnomasi (kvitansiya)ni shakllantirish uchun “Summani kiritish” tugmasini (1) bosing, summani kiriting va “Chop etish” tugmasini (2) bosish orqali to‘lov topshiriqnomasini yuklab oling.
Eslatma: summa kiritmagan holda to‘lov topshiriqnomasini yuklab olish mumkin.